[Savol tushlik tanaffusidan oldin beriladi, tarqatish jarayonida boshlovchi quyidagi soʻzlarni aytadi: "Qaldirgʻochlar qogʻozlarni tarqatayotgan bir paytda, eslatib oʻtamanki, bu savol tushlik tanaffusidan oldingi oxirgisi boʻladi. Tanaffusda nima bilan tamaddi qilishingizdan qatʼi nazar, tahririyat guruhi barchangizga yoqimli ishtaha tilaydi".] Qarshingizda — uchta soʻz. Birinchi soʻz (GEY) ikkinchi soʻzning (GEYGOGI) bir qismi boʻlib, uning maʼnosi biz uchun ancha gʻayritabiiy. Ammo na birinchi, na ikkinchi soʻz uchinchi soʻzning tarkibiga kirmaydi, chunki bu uchinchi soʻz — xuddi u nomlagan narsa kabi toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzlashtirilgan amerikanizmdir. Ushbu uchinchi soʻzni yozib bering.