Baʼzi xitoy iyerogliflari bir nechta iyerogliflarning birikmasidan hosil boʻladi. Masalan, "daraxt" maʼnosini anglatuvchi uchta iyeroglifning birikmasi oʻzbekchaga "oʻrmon" deb tarjima qilinadi. "Arava" maʼnosini anglatuvchi uchta iyeroglifning birikmasi esa "taqillash/shovqin" deganidir. Biz "yi-ye" uchligining maʼnosini bilmaymiz, lekin agar bu iyeroglifning oʻzbekcha tarjimasini ketma-ket uch marta yozsak, hosil boʻlgan ibora aniq bir inson bilan bogʻlanadi. Shu insonni ayting.