Bernard Verber oʻzining fantastik romanlaridan birida oʻtmishdagi hayotning hozirgi hayot bilan bogʻliqligini tasvirlab, hozirgi hayotdagi koʻplab kasalliklar mantiqiy tushuntirishga ega ekanligini yozadi. Masalan, jigari ogʻriydiganlar oʻtgan hayotida zaharlangan, astmatiklar esa oʻz vaqtida choʻkib oʻlgan boʻlishadi. Qaltiroq falajidan (paralich) aziyat chekuvchi odamlar oʻtgan hayotida nimadan halok boʻlishgan?