Bir yigit Motsartdan qanday qilib simfoniya yozishni soʻradi. — Siz hali juda yoshsiz. Nima uchun balladalardan boshlamaysiz? — dedi kompozitor. — Axir siz oʻn yoshga toʻlmasdan simfoniya yozishni boshlagansiz-ku! — eʼtiroz bildirdi yigit. U javoban nima deb eshitdi?
Motsart: "Men ularni qanday yozish kerakligi haqida hech kimdan soʻramaganman", deb javob bergan.