Quyidagi muloqot oʻz vaqtida yetti va oʻn toʻrt yoshli bolalar oʻrtasida boʻlib oʻtgan. — Qanday ajoyib chalyapsan! Men hech qachon bunday oʻrgana olmayman. — Nega endi? Axir sen ancha kattasan-ku. Harakat qilib koʻr, agar oʻxshamasa, nota yozishni boshla. — Men... sheʼr yozaman... — Bu ham juda qiziq. Yaxshi sheʼr yozish, ehtimol, musiqa bastalashdan ham qiyinroqdir. — Yoʻgʻ-e, juda oson. Sen ham urinib koʻr... Ushbu ikki suhbatdoshni ayting.