Bir kuni Zalsburgning nufuzli amaldori oʻsha paytda dunyoga mashhur boʻlib ulgurgan yosh Motsart bilan suhbatlashishga qaror qildi. Bolaga qanday murojaat qilish kerak? — mana shu narsa amaldorni oʻylantirib qoʻydi. Motsartga "sen" deyish noqulay, uning shuhrati juda baland, "siz" deyish esa bola uchun haddan tashqari katta hurmat... Lekin yechim topildi: "Biz Fransiya va Angliyada boʻldikmi? Biz katta muvaffaqiyatga erishdikmi?" — deb soʻradi amaldor. Motsart unga nima deb javob bergan?
"Lekin men Sizni Zalsburgdan boshqa hech qayerda uchratmaganman shekilli".