Qadimgi Rimda gʻolib sarkardaning shaharga tantanali kirib kelishi "triumf" deb atalgan. Kapitoliydagi senat huzurida triumfator Yupiterga buqa qurbonlik qilgan. Agar senat qozonilgan gʻalabani triumfga loyiq emas deb hisoblasa va gʻolib Yupiterga shunchaki qoʻy qurbonlik qilsa, uning shaharga kirishi nima deb atalgan?