Qadimgi Rimda gʻolib sarkardaning shaharga tantanali kirib kelishi "triumf" deb atalgan. U toʻrtta oq ot qoʻshilgan oltin suvi yugurtirilgan aravada yurgan. Kapitoliydagi senat huzurida triumfator Yupiterga buqa qurbonlik qilgan. Agar senat gʻalabani triumfga noloyiq deb topsa, sarkarda shaharga piyoda yoki otda kirib kelgan va Yupiterga atigi bir qoʻy qurbonlik qilgan. Bunday kirish qanday atalgan?