Hindiston umumiy ovqatlanish muassasalarida eng keng tarqalgan taom — "txali". Bu, aslida, guruch, yasmiq qaynatmasi, sabzavotlar va kulchalarni oʻz ichiga olgan majmuali tushlik boʻlib, siz toʻymaguningizcha bularni qoʻshib beraverishadi. Uning barcha tarkibiy qismlari ichida faqat bitta narsa bir dona beriladi va aynan u hindi tilida "txali" deb ataladi. "Txali"ni oʻzbek tiliga tarjima qiling.