Qadimgi Misrda piramida quruvchilariga kuch toʻplashlari uchun u bepul berilgan. Yunonlar va rimliklar uni kambagʻallarning nasibasi deb hisoblab, mensimaganlar, ammo Gippokrat unga butun bir kitob bagʻishlab, uni koʻplab xastaliklarga davo deb atagan. Rimning oʻzida ham yiliga bir marta ushbu mahsulot unumdorlik ma'budasi Serera sharafiga oʻtkaziladigan bayramlarda iste'mol qilingan. Shundan uning lotincha nomi — "cervisia" — va zamonaviy ispancha nomi — "cerveza" kelib chiqqan. Gap qaysi mahsulot haqida ketmoqda?