Ushbu sabzavot qadim zamonlardan beri mehnatkash Misr dehqonlari — fellahlar tomonidan yetishtirilgan. Kohinlar uni muqaddas oʻsimlik deb eʼlon qilib, isteʼmol qilmaganlar (u abadiylik ramzi hisoblangan Oyga oʻxshardi). Firʼavn buyrugʻiga binoan, Xeops piramidasi quruvchilari har kuni ushbu oʻsimlikni olib turishgan. U nima deb ataladi?