Bu narsa Xeops piramidasini qurayotgan qullarga har kuni berilardi, Misr va Hindistonda uning sehrli kuchiga ishonishgan, ammo undan isteʼmol qilganlarga Elladadagi Liviya Afroditasi ibodatxonasiga kirish taqiqlangan edi. Insonni ushbu ibodatxonaga kiritish yoki kiritmaslikni eng oddiy yoʻli nima edi?
Hidlab koʻrish, chunki sarimsoq hidini yashirish qiyin.