Xeops piramidasi qurilayotganda, ishchilar avval boʻlajak piramida oʻrnini suv bilan toʻldirishgan. Soʻng suv ostida koʻplab ariqlar qazishgan. Keyin suvni chiqarib yuborib, barcha qazilgan joylarni tekislashgan. Bu gʻalati jarayon nima uchun kerak edi?
Shu yoʻl bilan piramida ostidagi maydon tekislangan. Ariqlar tubi suvning gorizontal yuzasidan bir xil chuqurlikda boʻlishi uchun qazilgan, soʻng suv tushirilib, qolgan devorlar olib tashlangan. Natijada mutlaqo gorizontal maydon hosil boʻlgan.