Ba'zan tarjimadagi xatolar xorijiy hayot voqeligini yaxshi bilmaslik natijasida yuzaga keladi. Masalan, mehmonxona xonasini band qilish sahnasining tarjimasi shunday so'zlar bilan tugaydi: "Men ertaga yetib kelaman, mening Amerika ekspressimning raqami falonchi". Aslida buyurtmachi poyezd raqamini emas, balki ... raqamini ko'rsatgan edi. Nimaning?