D. Gromovning "Lanatlanganlar yoʻli" romani bosh qahramoni bilimli vampir boʻlib, Pushkinni oʻqigan edi. Shuning uchun u endigina vafot etgan, ammo hali vampirga aylanmagan shogirdini tobutga qoʻyayotib, Aleksandr Sergeyevichning satridan iqtibos keltirdi va undagi ikki soʻzni oʻzgartirdi. Bu soʻzlardan biri — "sizning" olmoshi — "sening"ga almashtirildi. Ikkinchi soʻzda esa u faqat oxirgi harfni oʻzgartirdi. Ushbu "vampircha" iborani yozing.