Diqqat, vaznli shirinliklar! Psixolog Kavet Robert o‘zining «Odamlar bilan muloqotda muvaffaqiyat» kitobida shunday bir voqeani aytib beradi (ehtimol u to‘qib chiqarilgandir, lekin bu muhim emas): bir maktab yonida shirinliklar sotadigan ikkita bir xil do‘koncha bor edi. Shirinliklar bir xil, narxlar bir xil, sotuvchilar esa xushmuomala edi. Nima uchun bolalar bir do‘kondan bajonidil shirinlik sotib olishardi-yu, ikkinchisiga borishni yoqtirishmasdi?
Bir sotuvchi ko‘p shirinlik solib, keyin ortiqchasini olib tashlardi, ikkinchisi esa — ozroq solib, keyin ustiga qo‘shib berardi