Diqqat, poza! Xuddi shu narsani qilishga harakat qiling. Yoga kitobidan iqtibos keltiraman: «Oyoqlaringizni oldinga choʻzing, chap oyogʻingizni tizzadan buking va tovonni oraliqning yumshoq qismiga, uzr, bu iqtibos: orqa chiqaruv yoʻli va moyak oʻrtasidagi boʻshliqqa joylashtiring. Soʻngra oʻng oyogʻingizni buking va tovonni qov suyagi qarshisiga yoki jinsiy aʼzolar ustiga qoʻying. Bunda ularni shunday joylashtirish kerakki, ularga bosim tushmasin. Gavdangizni tik tuting. Yogalar bu asanani fikrni maksimal darajada jamlash uchun uylanmagan yoshlarga yoki boʻydoq qolmoqchi boʻlganlarga tavsiya qiladi». Ushbu ajoyib poza qanday ataladi?