Koʻpchiligingiz Akutagavaning "Chakalakzorda" hikoyasi yoki uning asosida suratga olingan Kurosavaning "Rasyomon" filmi bilan tanish boʻlsangiz kerak. Har ehtimolga qarshi eslatib oʻtaman, ularda samuray sanchilgan yaradan vafot etadi va bu fojia toʻrt guvoh: qaroqchi, nomusi toptalgan beva, oʻtinchi va jodugar tomonidan chaqirilgan oʻldirilgan odamning ruhi talqinida toʻrtta mutlaqo boshqacha hikoyaga aylanadi. Semyuel Bekketdan esa bir muloqot: — Xoʻsh, nima boʻpti? Ular shunchaki bir-birlari bilan kelisha olishmayapti, xolos. — Ularning hammasi oʻsha yerda edi, toʻrtalasi ham. Va faqat bittasi qutqarilgan qaroqchi haqida gapiryapti. Nima uchun boshqalarga emas, unga ishonish kerak? Siz bu qutqarilgan odamning ismini ayta olmasangiz kerak, lekin menimcha, Najotkorning ismini aytish uchun ushbu ma'lumot yetarli.