Ushbu qahramon haqidagi ma’lumotlar qarama-qarshidir. U goh qoʻlidan, goh oyogʻidan yaralangan. Uning beva qolgani aytiladi, lekin keyinchalik rafiqasi sogʻ-omon ekanligi ma’lum boʻladi. Hatto uning ismi ham turli asarlarda turlicha keltirilgan. Adabiyotshunos Aleksandr Shaburov koʻplab nashrlarni oʻrganib chiqib, barcha bu qarama-qarshiliklarni tushuntiruvchi gipotezani ilgari surdi. Shaburovning fikricha, gap bir kishi haqida emas, balki ikki xil odam haqida ketmoqda. Ikkalasining ham familiyasini yozing.