"Bilaman, meni takabburlikda, odamlarga nafratda, telbalikda ayblashadi. Toʻgʻri, men uydan chiqmayman, lekin shu ham rostki, bu uyning eshiklari kecha-yu kunduz ochiq. Yana bir bema'nilik — goʻyo men mahbusmishman. Meni koʻrganda odamlar duo qilishardi, qochib ketishardi, tiz choʻkishardi. Kimdir, shekilli, oʻzini dengizga otgan. Onam malika boʻlgan. Har toʻqqiz yilda uyimda toʻqqiz kishi paydo boʻladi, toki men ularni yovuzlikdan xalos etay. Yolgʻizlik meni qiynamaydi, bilaman, oʻlim soatim keladi va xaloskorim uyimning chang bosgan poliga qadam qoʻyadi". Ushbu xaloskorning ismini ayting.