Insonning shizofreniyaga moyilligini aniqlashga qaratilgan vazifalardan biri quyidagicha: sinaluvchining oldidagi stolda tarozi va buyumlar turibdi: sham, qalam, charxlagich, gugurt, metall toshchalar to‘plami, yog‘och kubiklar, yopiq va bo‘sh kolba, mix, bir nechta tanga va tuvakdagi xona o‘simligi (uning vazni qolgan barcha buyumlarning umumiy vaznidan og‘irroq). Sinaluvchining vazifasi tarozini shunday muvozanatga keltirish kerakki, ko‘pi bilan bir necha soatdan keyin va kamida bir necha daqiqadan so‘ng tashqi kuch ta’sirisiz muvozanat buzilishi kerak. Nafaqat shizofreniklar, balki shunchaki zukko odamlar ham bu vazifani yecha oladilar. Buni qanday amalga oshirish mumkin?
Tarozining bir pallasiga sham qo‘yish, ikkinchi pallani muvozanatlash va shamni yoqish.