Soat va daryo oʻrtasida qanday umumiylik bor? Savol oson va mantiqiy javobni nazarda tutadi: Ikkalasida ham nimadir oqadi (suv va vaqt). Kengroq tasavvurga ega inson shunday javob beradi: ikkalasida ham shaffof narsa ortidan tubi koʻrinib turadi (shisha va suv). Psixiatriyada ushbu savol shizofreniya bilan ogʻrigan bemorga berilgan klassik misol bor. Bir daqiqaga oʻzingizni shizofrenik deb tasavvur qiling va ushbu bemor bergan oddiy va juda mantiqiy javobni toping.