Muntazam ravishda, odatda yilda ikki marta, bu odamlar juda zerikarli mashg‘ulot bilan band bo‘lishadi — zerikarliligi shundaki, bu mashg‘ulot davomida ular, umuman olganda, yangi hech narsa bilib olishmaydi. Shuning uchun ular o‘zlari uchun turli ermaklar o‘ylab topishadi, masalan, qalamlarni tezlikka yo‘nish, qarshidagi devordagi g‘ishtlarni sanash va hatto ular orasidan eng xunugini qidirish... Kimlarning orasidan?