Rassomlar orasida mashhur bo‘lgan bir hikoyaga ko‘ra, bir rassom o‘z ishlarining xarid komissiyasi tomonidan qabul qilinishiga va e’tirof etilishiga faqat tajribali do‘stining maslahati bilan yangi kartinasining burchagiga kichkina sariq kuchukcha chizganidan keyingina erishgan. Xo‘sh, bu jonivor unga qanday yordam bergan? Kartina syujeti haqida so‘ramang — baribir javob bermayman.
Komissiya kartinadan darrov ko‘zga tashlanadigan kamchilikni — u yerga mutlaqo mos kelmaydigan kuchukchani topgan — uni olib tashlashni maslahat bergan va kartinani o‘z burchini bajarganlik hissi bilan qabul qilgan.