Teatr rassomi Aleksandr Tishler dekoratsiya eskizlariga koʻpincha yashil kuchukcha chizib qoʻyganligi haqida aytishadi. Badiiy kengashga odatda kuchukcha yoqmasdi va Tishler uni olib tashlashga majbur boʻlardi. Shunga qaramay, u oʻz vazifasini bajarardi. Qanday vazifani?
Badiiy kengash aʼzolari bor kuchini kuchukchaga sarflab, boshqa eʼtirozlar bildirishmasdi.