Frederik Cherchning «And yuragi» kartinasi 1859-yilda Nyu-York galereyasida ilk bor namoyish etilganda shunday bezatilgan edi: stilizatsiyalangan deraza va tavaqali rom. Kartina ulkan muvaffaqiyat qozondi, tashrif buyuruvchilar soatlab navbat kutishdi. Mark Tven esa koʻrganlari haqida shunday yozgan: «Siz bu kartinaga qarashdan hech qachon charchamaysiz. Biror narsani ilgʻab olishga boʻlgan urinishlaringiz shunchalik azobli boʻladiki, yengillik olish uchun uzoqlashishga majbur boʻlasiz». Ushbu koʻrgazma reklamalarida galereyaga oʻzingiz bilan nima olib kelish tavsiya etilgan edi?