Baʼzi yapon firmalarida ishga qabul qilishda nomzodlardan kirishdagi gilamchaga oyoqlarini artgan-artmaganliklarini soʻrashadi. Ijobiy javobdan soʻng, nomzodga firmada bu xislat tartiblilikdan koʻra koʻproq qadrlanishi aytiladi. Savol muallifining fikricha, bunda bilvosita yana bir xislat baholanadi. Ushbu ikki xislatni ayting.