Odatda bu xavf haqiqiy turnirlarda tajribasi kam boʻlgan havaskor shaxmatchilarni taʼqib qiladi. Ammo Vasyuki havaskorlari Ostap Bender bilan oʻyinda undan omon qolishgan. Buning aksi ham maʼlum — avstriyalik grossmeyster Fridrix Zemish raqibining birinchi yurishidan keyinoq ushbu xavfga duch kelgan. Gap nima haqida bormoqda?
Seytnot haqida. Vasyuki havaskorlari seytnotga tushishmagan, Zemish esa bir safar raqibining birinchi yurishidan keyin javob haqida naqd 45 daqiqa oʻylagan.