Bir safar Sevilyadagi Karpov va Kasparov oʻrtasidagi oʻyinda yoqimsiz voqea yuz berdi. Partiya oxirida Kasparov, ehtimol qulayroq vaziyatda boʻla turib, navbatdagi yurishni amalga oshirdi. Karpov dahshatli seytnotga qaramay, toʻliq xotirjamlikni saqladi va oʻynash niyatida emasdek koʻrindi. Kasparov hayron qoldi: yurish yomon emas edi, Karpovda esa vaqt yoʻq, gap nimada? Ammo tez orada u nima boʻlganini tushundi va bir necha daqiqadan soʻng taslim boʻldi. Xoʻsh, nima sodir boʻlgan edi?
Kasparov shaxmat soati tugmasini bosishni unutib qoʻygan edi.