Duplet. Har biri uchun 30 soniyadan muhokama vaqti beriladigan ikki savol. 1. Yuriy Averbaxning yozishicha, baʼzi shaxmatchilar partiya paytida stol tagida oyoqlarini silkitib, raqiblarining gʻashiga tegishadi. Averbax bunday shaxmatchilarni nima deb ataydi? 2. Pyotr Lizunenko baʼzi velosipedchilar transport oqimida faol manyovr qilib, qatordan qatorga oʻtishi bilan barcha harakat ishtirokchilariga muammo tugʻdirishini yozadi. Lizunenko bunday velosipedchilarni nima deb ataydi?