Kichik yaxtalar yoki motorli qayiqlar boʻronli ob-havoda kuchli shamol yoki katta toʻlqinni kutib turish uchun baʼzan langar tashlashga majbur boʻlishadi. Bunday hollarda ular baʼzan langar arqonining suv yuzasi darajasiga yaxshilab moylangan latta tushirib qoʻyishadi. Nima uchun?
Yaxta atrofida moyli qatlam hosil boʻladi va bu qatlam toʻlqinlanishni biroz kamaytiradi, asosiysi esa qayiqqa suv sachrashining oldini oladi.