Tajribali dengizchilar shamolni qanday chaqirishni aniq bilishgan. Maxsus hushtak chalish, machtani tirnash, yelkanlarga suv sepish yoki shunchaki yunga (yordamchi matros)ni butun okeanga ovozi yetadigan qilib savalash mumkin edi. Ammo bundan tashqari yana bir ishni qilish kerak edi: ro‘moldagi to‘rtta tugundan bitta keraklisini yechish. Qanday maqsadda?