Urushdan keyin bu ayol Toshkentdagi evakuatsiyada qanday qilib tif bilan ogʻriganini soʻzlab bergan. Kasalxonada ogʻir, gʻamgin va issiq edi. Har bir koyka tepasida yonmaydigan, chang bosgan elektr lampochkalari osilib turardi. Bir kuni kasalxona xoʻjalik mudiri kelib, eshik oldida toʻxtadi va baland ovozda: "Bu yerda Axmedova qayerda yotibdi?" deb soʻradi. Keyin uni topib, karvoti yoniga keldi va indamay lampochkani yoqib qoʻydi. Bunday gʻamxoʻrlik koʻrsatilgan bu ayol kim edi?