Bir kuni Balzak grafologiya bilan shug'ullanayotganini e'lon qiladi. Uning oldiga yoshi katta ayol o'quvchi daftarlari bilan kelib, bolaning kelajagini uning husnixatidan aniqlab berishni so'raydi. Balzak daftarlarni diqqat bilan o'rganib chiqib, bola harakatchan, lekin o'tmas ekanligi, shuning uchun undan yaxshi narsa kutib bo'lmasligi haqida xulosa beradi. Bunday hukmni eshitgan ayol kutilmaganda kulib yuboradi. Balzak uchun esa bu grafologiya tajribasi oxirgisi bo'ladi. Bu kimning daftarlari edi?
"Oh, aziz Balzak, qanday qilib o'zingizning maktab daftarlaringizni tanimadingiz!" — deb xitob qilgan ayol.