Bir kuni savol muallifi katta qiyinchilik bilan qizini dars qilishga oʻtqazdi. Bir necha daqiqadan soʻng uning xonasidan qoʻshiqmi yoki sanamachmi, xullas shunday soʻzlar eshitildi: "Ivan oʻtin yordi, Varvara pechga oʻt yoqdi...". Savol muallifi darhol bolani tartibga chaqirishga qaror qildi: "Shoʻxlikni bas qil!". Qizi javob berdi: "Men shoʻxlik qilmayapman, men ... oʻrganyapman". U nimani oʻrganayotgan edi?