Karikaturachi Boris Yefimov bir safar Eyzenxauerning afsonaviy rus tahdidini qidirib, tanklar, qurollar va samolyotlar armadasi boshida jipda kezib yurganini chizgan edi. Unga hayron boʻlib: kichkina bolasi bilan eskimos, oq ayiqchalar, morj va boshqa tomoshabinlar qarab turishibdi. Karikatura "Pravda" gazetasida eʼlon qilingandan soʻng rassomning ustidan kulishdi, ammo rasm Stalin tomonidan maʼqullangani maʼlum boʻlgach, kulgilar tindi. Yefimov nimada xatoga yoʻl qoʻygan edi?