gotquestions.online

Oʻtgan asrda mashhur florensiyalik qiziqchi Biakonelli navbatdagi marta sahnaga chiqdi. U har doim tomoshabinlar oldida qoʻlida biror buyum — goh shlyapa, goh hassa, goh kitob bilan paydo boʻlardi. Ularning yordamida u butun boshli monospektakllar ijro etardi. Bir kuni shisha idish (butilka) bilan chiqqan Biakonelli u bilan navbatdagi sahnani koʻrsatdi. Tomoshabinlar jim edi. Qiziqchi hazil qildi. Hech qanday reaksiya boʻlmadi. Shunda zal uni mutlaqo qabul qilmayotganini koʻrgan artist: "Yoʻq boʻlib ket hammasi!" — deb baqirib, shishani yerga urib sindirdi. Oʻshandan beri bu shishaning nomi — italyancha talaffuzda — butun dunyoga turdosh ot sifatida tarqaldi. Bu shisha italyanchada nima deb atalgan?

Manba