Bel Kaufmaning "Pastga olib boruvchi zina bo'ylab yuqoriga" qissasi qahramoni — yosh o'qituvchi — maktabdagi ishining dastlabki kunlarida mahalliy buyruqlar, sirkulyarlar va farmoyishlar yozilgan kanselyariya tilidan hayratda qoladi. Tajribaliroq hamkasblari unga "shaxsiy o'zaro munosabatlar" so'zi o'quvchilarning mushtlashuvini, "intizomni yordamchi mustahkamlash" — politsiyani chaqirishni va hokazolarni anglatishini tushuntirishadi. Xo'sh, kanselyariyadan yuboriladigan ko'plab farmoyishlarga hamrohlik qiluvchi "tartib raqami ostida ish jildida saqlansin" ko'rsatmasi nima degani edi?
O'qib bo'lgach, qog'oz savatiga tashlab yuborilsin.