Tapas — bu turli xil ispancha yengil tamaddilar. Ular pivo, vino, sidr bilan yoki tushlikdan oldin gazak sifatida beriladi. Tarjimada "tapas" "qopqoq" degan ma'noni anglatadi. Tapasning ixtiro qilinishi haqida turli afsonalar mavjud. Ulardan biriga ko'ra, qirg'oq bo'yidagi qovoqxonalarda vino va pivo stakanlari usti non bo'laklari yoki vetchina bilan yopilgan. Nima uchun?