Uyga taom yetkazib berish bilan shugʻullanuvchi son-sanoqsiz firmalardan birining reklamasida savol mualliflarining koʻzi boʻlim nomidagi ikki soʻzga tushdi. Alohida-alohida ular sahifalash tizimi va ishlov berilgan terini eslatdi, birgalikda esa asosan boʻlajak muhandislar tomonidan oʻrganiladigan fanni yodga soldi. Aslida esa bular geografik jihatdan qoʻshni boʻlgan ikki oshxonaning qisqartirilgan nomlari edi. Qaysi oshxonalarning?