Bir safar Bernard Shouga quyidagi mazmundagi xat keladi: "Men — Angliyaning eng goʻzal ayoliman. Siz — eng aqlli erkaksiz. Menimcha, biz farzand koʻrishimiz kerak." Shou oʻsha paytda farzand koʻrishni aslo xohlamas edi, lekin ayolning koʻnglini ogʻritishni ham istamadi. Shuning uchun u nozik, ammo rad etib boʻlmas javob berdi. Qanday javob?
"Agar bola sizning aqlingizni va mening goʻzalligimni meros qilib olsa-chi?".