Blits. Bernard Shou haqidagi hikoyalarni yakunlang. Birinchisini bir soʻz bilan, ikkinchisini ikki soʻz bilan, uchinchisini uch soʻz bilan. A) Shou aytib berishicha, uning doʻstlaridan biri bir vaqtlar oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan va faqat usul tanlashda ikkilangan. Tasavvur qiling, — derdi Shou, — oxir-oqibat u... B) Janob Shou, — debdi bir kuni uyatchan yigit, — garov oʻynayman, siz meni eslay olmaysiz. Shou javob beribdi: ... V) Nima uchun Xudo avval erkakni, keyin ayolni yaratgan? — deb soʻrabdi bir xonim Shoudan. Chunki u erkak yaratilayotgan paytda... xohlamagan.
A) uylangan, B) Siz yutdingiz, V) ayol maslahat berishini.