Maxsus tashkil etilgan qullar estafetasi buni tayyorlash uchun zarur boʻlgan komponentlardan birini Forsga Aleksandr Makedonskiyga yetkazib bergan. Napoleon tarafdorlari oʻz kumirlariga Muqaddas Yelena oroliga buni tayyorlaydigan mashina yuborishgan. Cherchill esa Rossiyani yengib boʻlmasligini, chunki uning aholisi har qanday ob-havoda buni isteʼmol qilishini aytgan. Buni nomlang.