Oʻzbekchaga xitoy tilidan ham bir qancha soʻzlar oʻzlashgan. Hammamiz sevib isteʼmol qiladigan uygʻur taomlari – lagʻmon, manti, manpar, xonim kabilarning nomi ham asli xitoychadan kirib kelgan. Jumladan, turmushimizda ishlatiladigan bu soʻz ham xitoy tilidan oʻzlashgan. U oʻzbekchada turli narsalar qoʻyiladigan mebelni, shkafni anglatadi. “Oʻzbek tili tarixi” kitobiga koʻra, bu soʻz xitoycha “szaban” soʻzidan olingan boʻlib, sza – rom, chorchoʻp, ban – taxta, yaʼni “taxtali rom” degan maʼnoni anglatadi. Savol: Bu qaysi soʻz?