Bu jihoz nomi etimologiyasi qadimgi eron tilida “dipi vahanam” yaʼni “xujjatlar arxivi” maʼnosiga ega soʻzlarga taqaladi. Oʻz navbatida bu soʻzlar akkadcha “tuppum” – “sopol taxtacha” va shu maʼnodagi shumercha “dub” soʻzidan oʻzlashtirishgan. Yaʼni bu jihozda oʻtirganimizda biz shumerliklarga sal yaqinlashamiz. Savol: Uyimizda uchrovchi bu jihoz nomini yozib bering.