Orif Tolib kanalida yozilishicha, toponim ikkinchi qismida uchrovchi kent soʻzi shahar maʼnosini bildirar ekan. Birinchi qismi esa, toponimik adabiyotlarda yozilishicha hazar qabilasi nomidan olingan. Hazarlar turkiy qavm hisoblanadi. Qadimda hazarlar qishlogʻi maʼnosini bergan joy nomi esa bugunga kelib tovush oʻzgarishiga uchragan. Va biz bugun oʻzgacha tushunadigan shaklga kelib qolgan. Ushbu toponim nomi paydo boʻlishini professor Hamidulla Hasanov ohular nomidan kelib chiqqan degan fikrni ilgari surgan. Savol: Shu toponimni yozib bering.