Ushbu toponim turkiycha oʻradagi, chuqurlikdagi shahar maʼnosini bildiradi. Shaharga asos solganlar shahar soʻzini boshqa xorijiy tilda qoʻllagan boʻlsalarda, oʻzak qismi haligacha turkiychaning buzilgan talaffuzida mavjud boʻlib turibdi. Oʻzbekistonda boʻlmagan ushbu toponimni yozib bering. || Ushbu toponim turkiycha oʻra, yaʼni chuqurlik yoki oʻralgan joy maʼnolarini anglatishi haqida ikki xil taxminlar mavjud. Bu nomda togʻ, daryo, shaharchalar mavjud. Oʻzbekistonda boʻlmagan ushbu toponimni yozib bering. || Ushbu toponim turkiychadan olingan boʻlib qirdagi joy degan maʼnoni bildiradi. Yaxshi joy boʻlsa kerak, haligacha ushbu yer uchun bahslar boʻlib turibdi. Oʻzbekistonda boʻlmagan ushbu toponimni yozib bering.