Joy nomlarining kelib chiqishi oʻz tarixiga ega. Masalan, Parkent soʻzi “upar” – yuqori, baland soʻzidan kelib chiqqan va “yuqoridagi shahar” maʼnosiga ega degan farazlar bor. Piskent esa forscha “bis” yaʼni 20 soʻzi bilan bogʻlanib, “yigirma uylik shahar” degan maʼnoga ega degan taxmin ham mavjud. Diqqat savol: Tadqiqotchilar qaysi shahar nomini “Chinliklar shahri” maʼnosiga ega deyishadi?