Barselonaning bir kvartali meʼmorchiligida uchta modernist — Antonio Gaudi, Luis Domenek va Jozep Puj uslublari uygʻunlashgan. Barselona aholisi koʻpincha qaysi uslub chiroyliroq ekanligi haqida bahslashadilar. Bu kvartal "La Manzana de la Discordia" deb ataladi. Kvartal nomini "Kelishmovchiliklar kvartali" deb tarjima qilish mumkin. Lekin uni boshqacha tarjima qilish ham mumkin, chunki "manzana" soʻzi "kvartal"dan tashqari boshqa maʼnoga ham ega. "Manzana" soʻzi boshqa maʼnoda ispancha Vikipediyaning yirik Osiyo shahri haqidagi maqolasi boshida tilga olingan. Ushbu shaharni ayting.