Kosmonavt Vladimir Jonibekov kosmosga parvozi paytida Oʻzbekistonni topishda ikki narsa yordam berganini aytadi. Birinchisi, Orol dengizi boʻlsa, ikkinchisi, besh qirrali yulduz shaklida uzoqlardan koʻzga tashlangan bu obyekt boʻlib, uning atrofidan Toshkentni izlay boshlaganini qoʻshimcha qilib oʻtadi. Oʻtgan asr 70-yillarida chiqarilgan oʻzbek filmida bu obyekt qahramon sanab oʻtgan roʻyxatda bor edi. Savol: 1972-yili faoliyatini toʻliq boshlagan U nimaligini aniq yozib bering.